Markaziy bankda Xitoyning nufuzli texnologik kompaniyasi — Tencent Holdings Ltd tarkibiga kiruvchi Tencent Cloud International kompaniyasi delegatsiyasi bilan muhim muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni kengaytirish va bulutli infratuzilmalarni yaratish hamda takomillashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar muzokaralar davomida Tencent kompaniyasining WeChat Pay raqamli to‘lov tizimini O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan mahalliy to‘lov tizimlari bilan birlashtirish masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdi. Jumladan, QR-kod orqali raqamli to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari hamda bu yo‘nalishda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.
Markaziy bankning ta’kidlashicha, uchrashuv yakunida to‘lov tizimlari va raqamli moliya sohasidagi ikki tomonlama tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi hamda kelgusida amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilab olindi.
Qisqacha ma’lumot tariqasida aytadigan bo‘lsak, Tencent Holdings Ltd – 1998 yilda tashkil etilgan, Xitoydagi eng yirik xususiy investitsiya holdinglaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda bu kompaniya nafaqat Xitoyda, balki butun dunyoda ham investitsiya va venchur sohasida yetakchi o‘rinlarda turadi. Tencent'ning shu’ba kompaniyalari internet xizmatlari, sun’iy intellekt, raqamli to‘lov tizimlari hamda elektron o‘yin-kulgi sohalarida zamonaviy ishlanmalarni amalga oshirmoqda.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari

Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Jiddada Ukraina va AQSH delegatsiyalari nimalarni muhokama qiladi?
11 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukraina va AQSH vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Bu Kiyev va Vashingtonning Oq uyda Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi