Nihoyat, bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasiga start beriladi.
Bilasiz, bu yildan ligada klublari soni 16 ta oshirildi. Har bir turda esa 8 ta juftlik guvohi bo‘lamiz. Biroq “Paxtakor”ning OCHLdagi ishtiroki sababli 1-turda “Mash’al”ga qarshi uchrashuvi boshqa kunga qoldirildi.
Shuning evaziga siz bilan biz ilk turda 7 ta qarama-qarshilikni kuzatamiz.
Sobiq futbolchi, hozirda O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan Kamoliddin Murzoyev chempionatimizning dastlabki turi oldidan jamoalarning imkoniyatlari borasida gapirdi.
7 mart.
19:30. OKMK – “Buxoro”
- Buxoroliklarni Superligaga qaytganidan keyingi dastlabki o‘yini. Birinchi tur baribir mavsumning boshi. Hammamizga yod bo‘lgan ibora bilan boshlaymiz: deyarli kuchlar teng. O‘ylaymanki, favorit OKMK jamoasi bo‘ladi. “Buxoro” ham menimcha yetarli qarshilik ko‘rsata oladi. Ular Superligaga qaytganini ifodalash maqsadida yaxshi tayyorgarlik bilan chiqishadi.
8 mart.
17:45. “Qizilqum” – “Surxon”
- Kurashlarga boy o‘yin bo‘lishi kutiladi. Chunki “Qizilqum”da katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Yangi o‘yinchilar keldi. “Surxon” so‘nggi yillarda sermazmun o‘yinlari bilan ko‘pchilikka asta-sekinlik bilan yoqa boshlagan jamoa bo‘lmoqda. Asosan yosh futbolchilardan tarkib topgan jamoa. Agar foizlarda gapiradigan bo‘lsak, 5050. Qayerdadir men “Surxon”ga imkoniyat bergan bo‘lardim.
19:30. “Qo‘qon-1912” – “Andijon”
- Vodiy derbilaridan biri. “Qo‘qon-1912” bu yil Superligaga qaytish qildi. Bu jamoaga birinchi tur qiyin bo‘ladi. Chunki “Andijon” o‘tgan yili ancha xarakter ko‘rsata olgan jamoa. O‘zbekiston Kubogini yutishga erishdi. O‘zaro umumiy hisobda kuchlar teng. Bir jamoaning ko‘proq imkoniyati to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, “Andijon”ni imkoniyatini biroz balandroq hisoblagan bo‘lardim.
20:00. “Bunyodkor” – “Neftchi”
- Bu ko‘p yillar davomidagi o‘ziga xos qarama-qarshilik. Bu yerda ham ayniqsa “Bunyodkor” o‘tgan yili ikkinchi davrada o‘z o‘yinini tiklab olganligini inobatga oladigan bo‘lsak, menimcha, turning markaziy uchrashuvlaridan biri bo‘ladi. “Neftchi” so‘nggi ikki yilda chempionatimizda o‘ziga xos transferlari bilan nom qozongan. Bu yil ular yanada kuchayish qilishgan. Kuchli, nomdor jamoalar. Shu nuqtayi nazardan juda qiziq o‘yin bo‘ladi. Menimcha, 5050.
9 mart.
17:30. “Xorazm” – “Sho‘rtan”
- Juda qiziqari o‘yin bo‘ladi. Ikki pro liga vakillari Superligaga qaytishlarini bir-biriga qarshi uchrashuv bilan boshlaydilar. Umumiy, o‘zaro juftliklar borasida qarasak, boshqa raqiblarga nisbatan ikkala klub ham bir-biriga qulay raqiblar. Yaxshi o‘yin guvohi bo‘lamiz, degan umiddaman.
19:30. “Navbahor” – “Dinamo”
- “Navbahor”ni ham, “Dinamo”ni ham murabbiylarining o‘yin uslubidan kelib chiqadigan bo‘lsak, chiroyli o‘yin ko‘rishimiz kerak, deb o‘ylayman. Birinchi turda jamoalarning imkoniyatlari deyarli teng bo‘ladi. Bu klublarni o‘yin uslubidan kelib chiqsak, o‘zlari ham futbol o‘ynashadi va raqibga ham o‘ynash imkonini beradilar. Agar maydon holati yaxshi bo‘lsa, muxlislar gollarga boy o‘yin ko‘rishadi, degan umiddaman. Bu ham turning markaziy uchrashuvlaridan biri hisoblanadi.
20:00. “Nasaf” –“So‘g‘diyona”
- Bu ham o‘ziga xos derbiga aylanib boryapti. O‘tgan yili “So‘g‘diyona” “Nasaf”ga yetarlicha bosh og‘rig‘i bo‘la olgan. Bu yil ham shunday bo‘ladi. Ikkala jamoa murabbiyi o‘z jamoasini futbol o‘ynashini xohlaydigan, ambitsiyalarga ega bo‘lgan klublar. Bu yerda ham kuchlar teng. Bu o‘yin nazarimda gollarga boy bo‘lsa kerak.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda va aktrisa Manzura 21 fevral kuni 47 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan muvaffaqiyatga erishguniga qadar katta qiyinchiliklarni boshdan kechirgan ijodkorning hayot yoʻllariga nazar

Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,

Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni