
Angliya kubogining chorak final bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" ushbu turda "Bornmut" bilan kuch sinashadi.
Umumiy juftliklar bilan tanishing:
1. "Fulxem" - "Kristal Pelas"
2. "Preston Nort End" - "Aston Villa"
3. "Bornmut" - "Manchester Siti"
4. "Brayton" - "Nottingem Forest" yoki "Ipsvich Taun"

Ma’lumot o‘rnida, ushbu bosqichdagi barcha uchrashuvlar 29 mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.