Fransiya Ligue 1 24-tur doirasida "PSJ" o‘z maydonida "Lill"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Parc des Princes stadionida bo‘lib o‘tdi.
Parijliklar o‘yinni juda tez boshlashdi va 6-daqiqada Bredli Barkola hisobni ochdi. 22-daqiqada Markinyos, 28-daqiqada Usmon Dembele va 37-daqiqada Dezir Du gol urib, birinchi bo‘limdayoq jamoasini 4:0 hisobida oldinga olib chiqishdi. Mehmonlar faqatgina 80-daqiqada Jonatan Davidning goli orqali javob qaytara olishdi.
Statistikaga ko‘ra, "PSJ" to‘pni 58% nazorat qildi, 25 ta zarba berdi, ulardan 11 tasi darvoza to‘g‘risiga yo‘llandi. "Lill" esa 6 ta zarba berdi va 2 ta aniq urinishga ega bo‘ldi.
Ushbu natijadan so‘ng PSJ 62 ochko bilan chempionlik poygasida oldinda bormoqda, "Marsel" va "Nitssa" esa 46 ochkodan to‘plab, 2-3-o‘rinlarda bormoqda.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Shomurodovning triumfi: A Seriyada 26-tur yakunlari (foto)
Italiya A Seriyasida 26-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turdan o‘rin olgan o‘yinlarda quyidagi natijalar qayd etildi. Shomurodov "Roma"ga "Monsa"ni mag‘lub etishda yordam

PSJ "Brest"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Parijning PSJ klubi UEFA Chempionlar Ligasi doirasida "Brest" jamoasini 7:0 hisobida mag‘lub etdi. Umumiy hisob 10:0 ko‘rinishida yakunlandi. Gollar mualliflari: B. Barkola 20' X.

"Atletiko" "Atletik Bilbao"ni mag‘lub etdi
La Liga 26-tur uchrashuvida "Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Atletik Bilbao"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv "Riyadh Air Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Dembelening xet-trigi PSJning "Shtutgart" ustidan yirik gʻalabasini ta'minladi (video)
Evropa Chempionlar ligasi soʻnggi turi doirasida "Shtutgart" oʻz maydonida PSJni qabul qildi. Unda parijliklar 4:1 hisobida zafar quchdi. Dembele xet-trik qilgan boʻlsa, Barkola oʻz nomini

Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda