[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
"Inter" va "Roma" Milanda o‘zaro bahs olib bormoqda, Shomurodovdan assist (video)
+36°
ясно ветер 5.1 м/с, С

Qozog‘istonliklar futbolchilarimizning mahoratiga tan berishmoqda

Sport 41
Qozog‘istonliklar futbolchilarimizning mahoratiga tan berishmoqda
Sport olamida O‘zbekiston va Qozog‘iston sportchilarining o‘zaro raqobati doimo muxlis-u mutaxassislar, sport jamoatchiligi vakillarini o‘ziga jalb etib kelgan. Keyingi paytda Markaziy Osiyo davlatlarida sportda sezilarli o‘sishlar ko‘zga tashlanmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida o‘zbek futboli peshqadamga aylandi. Qozog‘iston futboli vakillari hamyurtlarimizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini inobatga olib, “millionlar o‘yini”ni rivojlantirishda O‘zbekiston tutgan yo‘lni tanlash kerakligini ta’kidlashmoqda.

- O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqishiga bir qadam qoldi. Eronda mezbonlar bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan qo‘shnilarimiz ochkolari sonini 17 taga yetkazdi, ta’qibchilardan Qatar yetolmaydigan darajaga ko‘tarildi va Birlashgan Arab Amirliklarini to‘rt ballga orta qoldirmoqda.

Jahon chempionati yo‘llanmasini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga bitta g‘alaba yoki iyunda bo‘ladigan to‘qnashuvda BAAga yutqazmaslik kifoya qiladi.

Qozog‘iston terma jamoasi o‘zbeklar bilan o‘zaro yetti marotaba bellashib, bir bor zafar quchgan. O‘sha ham 30 yil avval ro‘y bergan. Uchtadan uchrashuvda durang va raqiblar g‘alabasi qayd etilgan. To‘plar nisbati 4:10 o‘zbeklar foydasiga.

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi 2010 yili Osiyo chempionati finalida o‘ynadi va ikki yildan keyin bu turnirda g‘olib chiqdi.

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar O‘zbekiston nomidan to‘rt bor jahon chempionatida qatnashdi. Qozog‘iston yoshlar o‘rtasidagi mundialda bir bor – 1999 yili ishtirok etgan.

O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish borasida qilingan ishlar amalda samara bermoqda, - deb yozdi sportarena.kz sayti.

Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Ali Aliyev o‘z shogirdlarining Lixtenshteynga qarshi o‘yiniga munosabat bildirib, qo‘shni davlatlar futboliga ham baho berdi.

- G‘alaba qozondik, lekin nega o‘yin ikki xil taassurot qoldirdi. Qo‘shnilarimiz – Qirg‘iziston va O‘zbekiston jiddiy natijalar ko‘rsatayotgan pallada terma jamoamiz birinchi bo‘limda biror marta darvozaga zarba bera olmadi.

Qirg‘iziston Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi, O‘zbekiston esa, jahon chempionatiga chiqishga juda yaqin turibdi, - dedi Qozog‘iston terma jamoasini boshqarayotgan Ali Aliyev.

Qozog‘iston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Maksim Jalmagambetov ham o‘zbekistonlik futbolchilar haqida iliq fikr bildirdi.

- O‘zbek futbolchilarining muvaffaqiyatlarini ijobiy baholayman. Ularning Eronga qarshi uchrashuvini to‘liq tomosha qildim. Mana bu Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rnak oladigan ko‘rsatkich.

Chunki bu holat qo‘shnilar oxirgi 20 yil ichida futbolni rivojlantirish uchun nimalar qilganini ro‘yobga chiqarmoqda. Shu bois, ularning jahon chempionatiga chiqishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Men ulardagi futbol akademiyalari, terma jamoa instituti qanday ishlayotganini bilaman.

Bu muvaffaqiyatlarga mehnat orqali erishilyapti, bir martalik tasodif emas. Bungacha hech kim tasodifan bu darajaga chiqmagan. Hammasi birdan bo‘lmaydi, aksincha, vaqt kerak, - dedi Maksim Jalmagambetov.

O‘zbekiston jahon chempionati mintaqaviy saralash turniri uchinchi bosqichining so‘nggi ikki o‘yinini iyun oyida safarda BAA va Toshkentda Qatar futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025
2 ochko yetarli, 3 ochko kam — O‘zbekistonning Mundialga chiqish imkoniyati
2 ochko yetarli, 3 ochko kam — O‘zbekistonning Mundialga chiqish imkoniyati
Osiyoda 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi o‘zining qizg‘in pallasiga kirib keldi. We Global Football nashri milliy jamoalarning Amerika qit’asida bo‘ladigan musobaqaga yo‘llanma olish
Sport 22:49, 22-03-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025