[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
"Inter" va "Roma" Milanda o‘zaro bahs olib bormoqda, Shomurodovdan assist (video)
+36°
ясно ветер 3.1 м/с, З

Eldor Shomurodov va "Roma": Yangi boshlanish!

Sport 43
Eldor Shomurodov va "Roma": Yangi boshlanish!
2025 yil o‘zbek futboli uchun quvonchli yangiliklardan biri bilan yodda qolmoqda. Eldor Shomurodov uchun ushbu mavsum burilish nuqtasiga aylandi. 2021 yilda "Roma" klubiga qo‘shilgan Eldor nihoyat jamoaning asosiy hujumchisi maqomiga erishdi. Bungacha Joze Mourino, Daniele De Rossi va Ivan Yurich qo‘l ostida u asosan zaxira hujumchisi sifatida qaralgan bo‘lsa, tajribali murabbiy Klaudio Raneri kelishi bilan vaziyat tubdan o‘zgardi.

Dibalaning yo‘qotilishi – katta o‘zgarishlarga sabab

FIFA kunlari munosabati bilan "Roma" 11 futbolchisini terma jamoalarga yubordi. Biroq jamoaning asosiy yulduzi Paulo Dibala jarohat olib, mavsumning qolgan qismida jamoaga yordam bera olmasligi ma’lum bo‘ldi. "Roma" hujumi asosan Dibala atrofida qurilgani uchun bu holat Raneri uchun jiddiy muammoga aylandi.

Eldor Shomurodov esa Dibala va Matias Sule bilan yaxshi hamkorlik qilib, asosiy tarkibga kirishga muvaffaq bo‘lgandi. Endi esa u o‘z zimmasiga yanada katta mas’uliyatni olishiga to‘g‘ri keladi.

Raneri yangi taktikani tayyorlayapti

Italiya futboli ekspertlarining fikriga ko‘ra, Klaudio Raneri jamoaning hujum mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqmoqda. Dibalaning jarohati sababli 73 yoshli mutaxassis asosiy sxemani 3-5-2ga o‘zgartirishi mumkin. Bu holatda Eldor Shomurodov va ukrainalik Artyom Dovbik ikkita markaziy hujumchi sifatida harakatlanishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, Raneri yana bir variant sifatida Lorenso Pellegrinini markazga surib, Matias Sule va Tommazo Baldansini hujumga qo‘shishi mumkin.

Eldor uchun katta imkoniyat

Bu holat Eldor Shomurodov uchun foydali bo‘lishi mumkin. Chunki yangi taktik sxemada u raqobatda emas, balki sherik sifatida harakat qiladi. Bu esa unga maydonda o‘zini ko‘rsatish va yetakchi hujumchi sifatida rivojlanish imkonini beradi.

Italiya futboli afsonalaridan biri Anjelo Di Livio ham bu borada o‘z fikrini bildirib, Raneri qo‘llashi mumkin bo‘lgan yangi taktik sxemaga qiziqish bildirgan:

"Paulo Dibalaning yo‘qotilishi juda katta muammo. Chunki u jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri edi. Biroq bu boshqa o‘yinchilar, jumladan, Eldor Shomurodov va Artyom Dovbik uchun katta imkoniyatdir. Ikki hujumchi bilan o‘ynash g‘oyasi esa juda qiziq va samarali bo‘lishi mumkin."

Shomurodov – "Roma"ning yangi yo‘lboshchisi?

Eldor Shomurodov hozirda terma jamoa safida. U milliy jamoadagi burchini bajargach, "Roma"ga qaytib, jamoani Yevropa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi sari yetaklashga kirishadi. Agar Raneri 3-5-2 sxemasini tanlasa, Eldor uchun bu mavsum haqiqiy tramplinga aylanishi mumkin.

Qanday bo‘lmasin, 2025 yil Eldor Shomurodov uchun ulkan imtihon, ayni vaqtda katta imkoniyat yiliga aylanmoqda. "Roma"ning hujumi endi uning yelkasiga yuklanadi. Muxlislar esa uning yangi rolda qanday o‘ynashini katta qiziqish bilan kuzatishmoqda.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni
Dunyo 21:55, 2-03-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025