Jahon chempionati uchinchi saralash bosqichi muhim o‘yinlari oldidan O‘FA prezidenti Bahodir Qurbonov milliy jamoa bilan uchrashib omad tiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichi doirasida 20 mart kuni Qirg‘iz Respublikasi, 25 mart kuni Eron bilan o‘ynaydi. Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov mas’uliyatli o‘yinlar oldidan milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi va ushbu bosqich ahamiyati, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lmish Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish orqali muxlislarni xursand qilish muhimligi haqida to‘xtaldi. Bosh murabbiy Timur Kapadzening rejalari tinglandi.
Futbolimiz rahbari shuningdek, futbolchilar bilan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun O‘FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qildi. O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Tibbiy shtab va jamoaga aloqador barcha mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bahodir Nizomovich bo‘lajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi.
Manba: O‘FA matbuot xizmati
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Azaliy raqiblar qarama-qarshiligi: "Paxtakor" - "Al Hilol" o‘yiniga tayyormisiz?
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan o‘yin boshlanish vaqti muxlislarga qulaylik tug‘dirishi uchun 21:00ga belgilangan. "Paxtakor" umid uyg‘otdi 17 fevral kuni "Paxtakor"ning shu

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik

Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni