[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
"Inter" va "Roma" Milanda o‘zaro bahs olib bormoqda, Shomurodovdan assist (video)
+20°
ясно ветер 3.1 м/с, В

Xonanda Farhod Sulaymonov: “O‘n yil birga tuz yegan odam bizni sudga berdi”

Madaniyat 53
Xonanda Farhod Sulaymonov: “O‘n yil birga tuz yegan odam bizni sudga berdi”
Nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoda ham mashhurlikka erishgan Farhod va Shirin duetining sobiq xonandasi Farhod Sulaymonov “Intervyu TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida shoir Bobur Bobomurod bilan o‘rtalarida yuz bergan tushunmovchilik haqida so‘zlab berdi.

"Bobur aka duet sifatida ish boshlaganimizdan so‘ng menga qo‘ng‘iroq qilib so‘raganlar, Farhod endi qanday ishlaymiz, deb. Men teng ishlaymiz, dedim, masalan, ming dollar ishlasak, 300 sizga, 300 menga, 300 Shiringa, 100 adminga. Boshida shu kelishuv bilan ish boshlaganmiz. Siz rozimisiz deganlar, men roziman, deganman. Shu bilan teng boshlaganmiz, shartnoma qilmaganmiz.
10 yildan so‘ng Bobur akaning uyiga bordik duo so‘rab. Shunda ular she’rlarim-chi, dedilar.

Bobur aka, biz teng ishlaganmiz, yaxshi ishlaganmiz, sizning vazifangiz bizni she’r bilan ta’minlash, bizning vazifamiz esa ashula aytish bo‘lgan. She’rlar qoplanmadimi 10 yil davomida, desam yo‘q dedilar, men nima qilaman buyog‘iga, dedilar.

Man bu loyihani ertaga bolalarimga ham pul olib kelsin deb yaratganman, dedilar. Men o‘lganimdan keyin ham bolalarimga nimadir tomib tursin deb rejalashtirganman, dedilar.

So‘ng esa men Bobur aka, sal xato emasmi bu reja, axir har qanday loyiha 3 yildan 5 yilgacha shartnoma qiladi, siz bilan esa biz 10 yil ishladik, dedim.

Shu bilan bizga ertasigayoq intellektual mulkdan qo‘ng‘iroq qilishdi.10 yil birga tuz yegan odam bizni sudga berdi. Birinchi instansiyada ham, apellyatsiyada ham yutqazdik. So‘ng Oliy sudga murojaat qildik, Allohga shukr, Oliy sudda yoshlari ulug‘ bir inson, taxminan, yoshlari 70 da, ism-shariflari esimda yo‘q, ishni bizning foydamizga hal qilib berdilar", deydi Farhod Sulaymonov.

Xonanda jurnalistning “Ayni paytda Bobur Bobomurod va Shirin bilan qanday munosabatdasiz?”, degan savoliga quyidagicha javob bergan:

- "Sud ishlari yakunlanganidan so‘ng bir nechta ko‘rsatuvlar syomkasida Bobur aka bilan uchrashib qoldik. Ular meni ko‘rmaslikka olib, yuz o‘girib o‘tib ketdilar. Meni bu holat bir oz xafa qildi. Men ham o‘z navbatida ularning uylariga borib, kechirim so‘raganim yo‘q, zero bu kechirim so‘raydigan vaziyat ham emas. Shirin bilan esa undan keyin uyimiz hovlisida bir necha marta ko‘rishib qoldik. Unda ham men juda shoshib turgandim. O‘zi keyingi paytda ishlarim juda ko‘pligidan uyga ham faqat uxlash uchun kelaman", deydi xonanda.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda va aktrisa Manzura 21 fevral kuni 47 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan muvaffaqiyatga erishguniga qadar katta qiyinchiliklarni boshdan kechirgan ijodkorning hayot yoʻllariga nazar
Madaniyat 23:10, 24-02-2025
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
Asad ag‘darilgandan so‘ng Suriya qanday hayot kechirmoqda?
Asad ag‘darilgandan so‘ng Suriya qanday hayot kechirmoqda?
2024 yil dekabrida Suriyada Asadlar rejimining ellik yillik hukmronligi yakun topdi. Ko‘plab suriyaliklar erkinlikdan bahramand bo‘lishda davom etmoqda, biroq mamlakat barqarorlikka erishdi, deb
Dunyo 21:34, 23-03-2025
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025