Tojikistonning Xo‘jand shahridagi sammit madaniy dasturi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xo‘jand qal’asiga tashrif buyurib, uning tarixi bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, bu noyob majmuaning qurilishi miloddan avvalgi IV-V asrlarga borib taqaladi. Arxeologik qazishmalar natijasida o‘sha davrda birinchi qal’a bunyod etilganligi aniqlangan.
1999 yilda qayta ta’mirlash ishlaridan so‘ng qal’a yonida 28 mingdan ortiq eksponatni o‘z ichiga olgan o‘lkashunoslik muzeyi ochildi.
So‘nggi restavratsiya ishlari jarayonida qal’a devorlari, arki va darvozalari qayta tiklandi, ma’muriy bino, hunarmandchilik do‘konlari qurildi, Xo‘jandning qadimiy hovlilari namunalari yaratildi.
Hududda tojik xalqi tarixi va madaniyatiga oid 5 ta ko‘rgazma zalidan iborat majmua barpo etilgan. 8 ta hovlida hunarmandlar xattotlik, rassomchilik, adras to‘qish, so‘zana tikish, tosh o‘ymakorligi, temirchilik va kulolchilik bilan shug‘ullanmoqda.
Davlat rahbarlari uch mamlakatning hunarmandchiligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va milliy taomlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirib, badiiy chiqishlarni tomosha qildi.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom tsivilizatsiyasi markazidagi ishlar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu majmua tariximizda ilgari boʻlmagan ulkan va

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha

“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy

Tarixiy toʻsiqlardan omon chiqqan zandanicha mato
Buxoro hunarmandlik va savdo taraqqiy etgan shaharlardan biri sifatida tilga olinadi. Ayniqsa, buxorolik hunarmandlar tayyorlagan matolar moʻgʻullar davridayoq mashhur boʻlgan. Rashididdin yozib

Hunarmandlar markazi uchun ajratilgan yerga qurilgan ko‘pqavatli uy buziladigan bo‘ldi
9 qavatli bino qurilish jarayoni Foto: Kun.uz Toshkentda bir necha yildan beri hunarmandlar va “Turon meros” MCHJ o‘rtasida bahsli vaziyat davom etib kelayotgandi. Nizoli vaziyat Uchtepa tumanida