[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
"Inter" va "Roma" Milanda o‘zaro bahs olib bormoqda, Shomurodovdan assist (video)
+36°
ясно ветер 5.1 м/с, З

Firibgarlar qo‘lida qolmang: Turkiyada “yuqori maoshli ish” va’dasi ortidagi xatarlar

Dunyo 44
Firibgarlar qo‘lida qolmang: Turkiyada “yuqori maoshli ish” va’dasi ortidagi xatarlar
So‘nggi vaqtlarda ayrim firibgar shaxslar O‘zbekiston fuqarolarini Turkiyada yuqori maoshli ish bilan ta’minlash va’dasi bilan aldayotgan holatlar keskin ko‘paymoqda. Ushbu aldamchi sxemalar asosan tanish-bilishlar orqali amalga oshirilmoqda.

Firibgarlar ish, uy-joy va hujjat masalalarida yolg‘on va’dalar berib, vatandoshlarimizni og‘ir holatga tushirmoqda.

Noqonuniy ish faoliyati qanday muammolarga olib keladi?
Agar bunday firiblarga ishonib, Turkiyada noqonuniy ish faoliyati boshlansa, quyidagi jiddiy oqibatlarga duch kelinadi:
  • Va’da qilingan ish haqi berilmasligi, yoki ancha kam to‘lanishi;
  • Og‘ir va xavfli ish sharoitlari, ish joyida yetarli xavfsizlik choralarining yo‘qligi;
  • Ish beruvchi tomonidan haqorat yoki bosim, ba’zi hollarda xatto ekspluatatsiya;
  • Noqonuniy ishlash tufayli deportatsiya va katta miqdordagi jarimalar;
  • Pul olingach vositachi “yo‘qolib qolishi”, aeroportda kutib olish bo‘yicha yolg‘on va’dalar.

Qonuniy ishlash uchun qanday ruxsat talab etiladi?
Turkiyada ishlashni istagan har qanday chet el fuqarosi qonuniy ish ruxsatnomasi — Çalışma İzni'ga ega bo‘lishi shart. Bu hujjat Turkiya Respublikasi Xorijliklar va Mehnat ishlari idorasi tomonidan rasmiylashtiriladi.

Agar shaxsda mazkur ruxsatnoma mavjud bo‘lmasa, ishlash qonuniy hisoblanmaydi va yuqorida zikr etilgan oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.

Ogoh bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring
Bunday firiblar qurboniga aylanmaslik uchun:
  • Hech qanday holatda rasmiy hujjatlarsiz va shartnoma tuzmasdan xorijga yo‘l olmang.
  • Ish taklif qilayotgan shaxs haqida to‘liq ma’lumot va rasmiy litsenziya talab qiling.
  • Turkiyada ishlash shartlari, vizalar va ish ruxsatnomalari haqida elchixona va tegishli organlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot oling.

Ish va’dasiga emas, hujjatga ishoning
Turkiyada ishlash orzusi ko‘plar uchun imkoniyat darvozasi bo‘lishi mumkin, ammo u firibgar qo‘lida qorong‘u to‘siqqa aylanishi ham ehtimol. Hech qachon hech kimga pasportiingizni bermang, rasmiy hujjatlarsiz harakat qilmang va kerak bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishdan tortinmang.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

“Gelik” tagida qolib, nogiron bo‘lgan aktrisa: qonunchilik bu borada nima deydi?
“Gelik” tagida qolib, nogiron bo‘lgan aktrisa: qonunchilik bu borada nima deydi?
Aktrisa Sabrina Jabborova xonanda Ozoda Nursaidovaning “Dilbarim” klipini suratga olish jarayonida avtohalokatga uchrab, nogiron bo‘lib qolgani xabar qilingan edi. U o‘z chiqishida voqeaga sababchi
Jamiyat 00:46, 16-03-2025
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025