Agar AQSH Eronga zarba berishga yoki ichkaridan isyon ko‘tarishga harakat qilsa, u «kuchli javob zarbasiga» duch keladi. Bu haqda dushanba kuni Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.
«AQSH va Isroil tomonidan har doim dushmanlik bo‘lib kelgan. Ular bizga hujum qilish bilan tahdid etmoqda, biz buni ehtimoldan yiroq deb hisoblaymiz. Ammo, agar ular bunga jazm qilsa, kuchli qarshi hujumga duchor bo‘ladi», dedi Xomanaiy.
Xomanaiy shuningdek, Eron ichida isyonni qo‘zg‘atish haqidagi fikrlar ham e’tibordan chetda qolmasligi haqida ogohlantirdi.
«Agar ular (AQSH) avvalgi yillarda bo‘lgani kabi, mamlakat ichida isyon boshlashni o‘ylayotgan bo‘lsa, Eron xalqi ular bilan o‘zi shug‘ullanadi», dedi u.
30 mart kuni AQSH prezidenti Donald Tramp agar Eron yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishmasa, bombardimon qilish bilan tahdid etdi.
Avvalroq, Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon AQSH bilan yadroviy dastur bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni rad etdi, ammo bilvosita aloqalar o‘rnatish imkoniyati borligini aytdi.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Jiddadagi muzokaralar yakunlariga dunyo bo‘ylab qanday reaksiya qilinmoqda?
AQSH va Ukraina delegatsiyalari 11 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida muzokaralar o‘tkazdi. Vashington vakillari 30 kunlik vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha

Jiddada Ukraina va AQSH delegatsiyalari nimalarni muhokama qiladi?
11 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukraina va AQSH vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Bu Kiyev va Vashingtonning Oq uyda Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi

Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda