[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
"Inter" va "Roma" Milanda o‘zaro bahs olib bormoqda, Shomurodovdan assist (video)
+36°
ясно ветер 3.1 м/с, З

Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 144 kishiga yetgani aytildi (foto, video)

Dunyo 54
Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 144 kishiga yetgani aytildi (foto, video)
28-mart kuni Myanma va qo‘shni Tailandda 7,7 va 6,4 magnitudali ikkita kuchli zilzila yuz berdi. Zilzila yirik shaharlarda, jumladan, favqulodda holat rejimi joriy etilgan va aeroportlar faoliyati to‘xtatilgan Bangkokda ham sezilgan. Tailand poytaxtida qurilayotgan 30 qavatli osmono‘par bino qulab tushib, 43 kishi vayronalar ostida qoldi.

Foto: Reuters
Myanmada zilzila oqibatlari yanada halokatli bo‘ldi. Mandalay va Sikayn shaharlari orasidagi Iravadi daryosi ustidagi ko‘prik qulab tushdi, tarixiy binolar, jumladan, Chauktoji pagodasi va XIX asrga oid Mandalay saroyi devorlari shikastlandi.

Foto: Khit Thit Media

Foto: Khit Thit Media
Mahalliy aholining aytishicha, ko‘plab uylar butunlay vayron bo‘lgan, odamlar takroriy silkinishlar xavfidan qo‘rqib, binolarga qaytishga botina olmayapti.

Foto: Khit Thit Media

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Myanmadagi zilzila oqibatida 144 kishi halok bo‘lgan, qurbonlar soni yana ortishi mumkin. Bu haqda mamlakat davlat ma’muriy kengashi raisi, bosh vazir va katta general Min Aun Xlayn ma’lum qilgan.

Foto: Khit Thit Media

Foto: Khit Thit Media
“Jami 144 kishi halok bo‘ldi. Neypido munitsipal tumanida 432 kishi jarohatlangan. Bizga ma’lum bo‘lishicha, Sagaing va Kyauksda 300 kishi hamon bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Jami 732 kishi jarohat olgan. O‘lim va jarohatlanganlar soni ortishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda binolar qulab tushganligi sababli, biz hali ham bu binolarda qutqaruv ishlarini olib bormoqdamiz”, dedi davlat rahbari xalqqa qilgan rasmiy murojaatida.

Foto: Khit Thit Media
Seysmologlar yaqin soatlar ichida kuchli zilziladan keyin yuz berishi mumkin bo‘lgan takroriy zilzilalar haqida ogohlantirmoqda va yuqori qavatli binolarda bo‘lishdan saqlanishni maslahat bermoqda.

Foto: Khit Thit Media

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

2024 yilda o‘zbekistonliklar to‘ylarga salkam 12 mlrd dollar sarflab yuborishgan
2024 yilda o‘zbekistonliklar to‘ylarga salkam 12 mlrd dollar sarflab yuborishgan
O‘zbekistonda to‘ylar XIX asr tafakkuri bilan o‘tkazilmoqda. Bu haqda tarixchi olim Baxtiyor Xolmurodov YouTube'dagi chiqishida fikr bildirdi. “Qurultoy” podkastida o‘zbeklar to‘yi bilan
Jamiyat 06:18, 11-03-2025
Putin: AQSHning Grenlandiyani qo‘shib olish niyati — bu jiddiy reja
Putin: AQSHning Grenlandiyani qo‘shib olish niyati — bu jiddiy reja
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Trampning Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shib olish borasidagi bayonotiga izoh berdi. «Bu bir qarashda kimnidir hayron qoldirishi mumkin. Buni
Dunyo 00:43, 28-03-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
Prezident Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi: strategik sheriklik va oliy mukofot
Prezident Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi: strategik sheriklik va oliy mukofot
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11-13 mart kunlari Fransiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi juda iliq qabul qilindi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston rahbarini eng
Oʻzbekiston 14:17, 14-03-2025
Ivao Hakamada 47 yillik nohaq qamoq uchun 1,44 million dollar tovon oladi
Ivao Hakamada 47 yillik nohaq qamoq uchun 1,44 million dollar tovon oladi
Yaponiyalik Ivao Hakamada, nohaq ravishda o‘limga hukm qilinib, 47 yil umrini qamoqda o‘tkazgan fuqaro, nihoyat davlat tomonidan tovon puli oladi. Kyodo agentligining xabar berishicha, unga 217
Dunyo 17:01, 25-03-2025