AQSH Luiziana shtatida azot gazidan foydalangan holda birinchi qatl amalga oshirildi. Amerika matbuotiga ko‘ra, Oliy sud okrug sudyasining o‘lim jazosini ijro etishni to‘xtatib turish haqidagi buyrug‘ini bekor qilganidan so‘ng, 46 yoshli mahbus Jessi Hoffman jazoga tortildi.
Uning advokati Sesiliya Kappel so‘zlariga ko‘ra, qatl «ma’nosiz» bo‘ldi, chunki mahbusning hozirgi ahvoli 18 yoshda bo‘lgan va qotillikni sodir etgan davrdagi bilan «bir xil emas» edi.
Hoffman 1996 yilda 28 yoshli reklama direktori Meri Elliottni qurol o‘qtalgan holda o‘g‘irlab ketgan. So‘ngra, bankomatdan 200 dollar yechib olishga majburlagan. Keyinchalik zo‘rlagan va otib tashlagan.
Qayd etilishicha, Hoffmanga nisbatan o‘lim jazosining ijrosi Luiziana shtatida so‘nggi 15 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi. Shuningdek, bu shtatda birinchi marta mahbus azot gazi yordamida qatl etildi.
Fevral oyida Hoffman qatlni kechiktirishni so‘rab shtat ustidan sudga murojaat qilgan edi. Himoya tomoni mart oyi boshida bo‘lib o‘tgan tinglovda azotdan foydalanish AQSH Konstitutsiyasiga ko‘ra «shafqatsiz» usul ekanligini ta’kidladi.
12 mart kuni okrug sudi sudyasi Shelli Dik azot gazi ijrosini taqiqlashga oid dastlabki qaror chiqardi. Biroq AQSH Oliy sudi bu qarorni bekor qildi.
Qo‘shma Shtatlarda o‘lim jazosi federal darajada va aksariyat shtatlarda qonuniy bo‘lib qolmoqda, garchi uning qo‘llanilishi juda xilma-xil bo‘lsa ham.
2024 yil holatiga o‘lim jazosi 24 shtatda qonuniydir. 23 shtat uni rasman bekor qilgan. Qolgan shtatlarda moratoriy ostida.
Jazoni ijro etishning eng keng tarqalgan usuli — in’eksiya. Ammo ba’zi shtatlarda elektr stuli, otish, gaz kamerasi va osish kabi usullar ham qo‘llanadi.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Afra Sarachoʻgʻli bilan ishqiy munosabatlari oshkor boʻlgan Mert Ramazon Demir 27 yoshda
Yosh boʻlishiga qaramay nafaqat vatani Turkiyada, balki boshqa davlatlarda ham mashhurlikka erishgan aktyor Mert Ramazon Demir joriy yil 28 yanvar kuni 27 yoshni qarshi oldi. Quyida “Qoʻrgʻon

Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik

Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda va aktrisa Manzura 21 fevral kuni 47 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan muvaffaqiyatga erishguniga qadar katta qiyinchiliklarni boshdan kechirgan ijodkorning hayot yoʻllariga nazar

Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni