AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon muloqoti yakunlandi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi. Bu haqda Oq uy vakiliga tayanib NBC News xabar berdi.
Tramp va Putin suhbati AQSHning Ukraina hududida 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish harakatlari fonida bo‘lib o‘tdi. Ushbu suhbat davomida ikki davlat rahbarlari uzoq muddatli tinchlik kelishuvini muvofiqlashtirish masalasini muhokama qildilar. Kiyev tinchlik sulhi to‘g‘risidagi taklifni qabul qilgani ma’lum. Endi Vashington Moskvadan javobni kutmoqda.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham TASS agentligiga telefon muloqoti yakunlanganini tasdiqladi.
Bu Donald Tramp Oq uyga qaytganidan beri ikki mamlakat yetakchilarining ikkinchi marta telefon orqali suhbatlashishi. Ularning birinchi suhbati 12 fevral kuni bo‘lib o‘tgan va o‘shanda suhbat bir yarim soat davom etgan. Mazkur muloqot natijasida prezidentlar Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralarni darhol boshlashga kelishib olgan.
AQSH yetakchisining maxsus vakili Stiven Uitkoff ham Tramp va Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tishini xabar qilgan edi. «O‘ylaymanki, bu hafta ikki prezident o‘rtasida haqiqatan ham yaxshi va ijobiy muhokama bo‘ladi», — degan u.
Bu murakkab geosiyosiy vaziyatda ikki davlat rahbarlarining o‘zaro muloqotlari muhim ahamiyat kasb etishda davom etmoqda.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda

Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Foto: Reuters AQSH prezidenti Donald Tramp 18 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukrainadagi urushni to‘xtatish haqida gaplashishni rejalashtirayotganini aytdi. Bungacha AQSH va

Jiddada Ukraina va AQSH delegatsiyalari nimalarni muhokama qiladi?
11 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukraina va AQSH vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Bu Kiyev va Vashingtonning Oq uyda Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi

Jiddadagi muzokaralar yakunlariga dunyo bo‘ylab qanday reaksiya qilinmoqda?
AQSH va Ukraina delegatsiyalari 11 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida muzokaralar o‘tkazdi. Vashington vakillari 30 kunlik vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni