
Chevrolet Bolt elektromobilining 2026-yilgi 3-avlod modeli debyutga tayyorlanmoqda, deb obozrevatel.com xabar berdi.
TALKWHEELS kanalida yangi Bolt dizayni ko‘rsatildi. U ixcham xatchbek ko‘rinishida bo‘lib, krossover varianti ham bo‘lishi rejalashtirilgan. Model AQShning Kansas City shahridagi GM zavodida ishlab chiqariladi. Zavod ilgari Malibu’ni chiqargan va hozirda modernizatsiya qilinmoqda.
Mashina LFP — litiy-temir-fosfatli batareyaga ega bo‘ladi. Bu ishlab chiqarishni tezlashtirish va arzonlashtirishga yordam beradi. Kutilayotgan narx — 30 ming dollardan kam (taxminan 377 million so‘m).
Dastlab GM yangi avlod Bolt’ni ishlab chiqarmaslikni rejalashtirgan edi, lekin katta talab tufayli loyiha davom ettirildi. Hatto yanada arzon versiyasi ham taqdim etilishi mumkin.